WWW.SHOV-SHUV.UZ - birinchi & exclusive 
        WWW.SHOV-SHUV.UZ - 10 YOSH!!! YAQIN...JUDA YAQIN!!!
        
YANGILIKLAR

"" 08.12.2010 21:20

2010 yil 4 dekabr soat 19-00larga yaqin havo salqin bo`lishiga qaramasdan New Yorkdagi "Millenium" konsert zali atrofiga odamlar yig`ila boshladi. Ayrimlarning qo`lida gullar ham bor edi. Odamlarning yig`ilishiga sabab nafaqat O`zbekistonda balki Markaziy Osiyo va MDH davlatlarida mashhur bo`lgan, 20 yildan ziyodroq vaqt davomida faoliyat yuritib kelayaotgan "Bolalar" guruhi New Yorkda ilk bor konsert berayotgandi. Konsert belgilangan vaqtdan bir oz kechikib boshlandi,  bunga sabab ushbu konsertga New Yorkdan tashqari boshqa shtatlardan ham muxlislar tashrif buyurishi bo`ldi. Konsert davomida Amerikaning Florida, New Jersey, Pensilvaniya, Washington DC, New York kabi shaharlaridan muxlislar tashrif buyurganining guvohi bo`ldik.

Bolalar guruhuning konsertida zal liq to`lmasada, ya`ni anshlag darajasida odam ko`p bo`lmasada, konsert juda ko`tarinki ruhda o`tdi. Konsertda "Bolalar" guruhining solisti Tohir Sodiqov va guruh a`zolari o`zlarining mahoratlarini ko`rsatishdi. Shu o`rinda, Tohir Sodiqovning qobiliyatiga tan bermasdan ilojimiz yo`q, Tohir salkam 3 soat qo`shiq kuylash bilan birga, o`zini sahnada qanday tutish kerakligiyu, muxlislar bilan sahnada turib ularning ko`ngliga kira bilish qobilayatini ham namoyon qildi.  U konsertda ijro etilgan har bir qo`shiqdan keyin sahnadan turib muxlislar bilan gaplashib, hazillashib ularni o`ziga qarata bildi. "Bolalar" guruhining qo`shiqlarini muxlislar Tohir bilan birgalikda jo`r bo`lib ijro etishdi.

Keling konsert davomida sodir bo`lgan ayrim qiziqarli voqealarga to`xtalib o`tsak:

Konsert boshlangandan chamasi 15 daqiqalar o`tgach, navbatdagi qo`shiq tugashi bilan "Bolalar" guruhining gitarachisi Temur aka Tohirning qo`lidan mikrafonni olib gitara uchun o`rnatilgan monitorni ovoz uskunalariga mas`ul shaxsga tekshirib qayta ulashni aytdi. Shunda Tohir mikrafonni olib noqulay vaziyatdan chiqish uchun "Temur aka gitarangizni chalib tekshirib ko`ringchi"-deb kuldi. Albatta bu paytda monitor ishlayotgandi. Muxlislar qarsak chalishdi. "Biror narsa chalib beringda endi"-deb Tohir hazil qilshi bilan gitarachi Temur aka bir kuyni gitarada chala boshladi bu paytda esa gitaraga udarnik chalayotgan sozanda Tofik aka ham qanaqadir usullarda udarnigini chalib qo`shildi, bu yog`iga sozandalar improvizatsiya qilib ajoyib bir kuyni chala boshlashdi. Zalda o`tirganlar qiyqirishib o`rinlaridan turib ketishdi, chunki ko`pchilikka yoqqandi. Sozandalar o`zlarining qobiliyat egalari ekanligini ko`z-ko`z qilishdi.  

          Tohir konsert davomida "Qani New York-deb muxlislarni raqsga tushishga taklif etdi. Lekin muxlislarni o`ynash uchun o`rinlaridan turg`azish oson bo`lmadi, yana o`sha sozandalarning mahorati bilan raqsbop musiqa chalinganda ko`pchilik muxlislar raqsga tusha boshlashdi, Tohir ham o`zining qo`shiqlari bilan sahnada raqsga tushib muxlislarga qo`shildi.

Eng qizig`i konsert paytida Tohir inglizcha so`zlarni aytib muxlislarni hayron qoldirdi. 

Konsert so`ngida Tohir Sodiqov o`zbek san`atini dunyoga tanitishda qo`shgan hissasi uchun New Yorkda faoliyat yuritayotgan Uzbek New York TVning faxriy yorlig`i hamda "Ozbek tashshbusi" guruhining maxsus sovrini bilan taqdirlandi.  Konsert tugagach Tohir bilan sur`atga tushish uchun muxlislar navbat kutishib qator hosil qilishdi, Tohir esa muxlislari bilan xuddi yaqin kishisidek xursand bo`lib yuzida kulgu bilan sur`atga tushdi. 

Hullas hamma xursand. Dunyoga mashhur san`atkorlar konsert berib qo`shiq kuylagan New Yorkdagi sahnada konsert berish Tohir Sodiqov va "Bolalar" guruhiga nasib etdi. Konsert bo`lganda ham oddiy, zerikarli konsertmas, balki mazmunli, qiziqarli voqealarga boy konsert muxlislarga taqdim qilindi. Aniqroq qilib aytadigan bo`lsak, New Yorkda konsert berish Tohir Sodiqov va "Bolalar" guruhiga rosa yarashdi. Biz Amerika Qo`shma Shtatlarida istiqomat qilayotgan barcha muxlislar nomidan Tohir Sodiqov va "Bolalar" guruhi ijodiga baraka tilaymiz.

 

                                                                          Nyu-Yorkdan   Dilshod Zokirov 




Hamma yangiliklar
FOTOGALEREYA
"O, MARYAM, MARYAM"/SHAHZODA&ULUG`BEK
SHOV-SHUV CHAT
Ism:
Matn:
smile.gif smile.gif smile.gif smile.gif smile.gif smile.gif smile.gif smile.gif smile.gif smile.gif

ARXIV 2004-2014 SHOV-SHUV.UZ free counters